2013 yilda kompaniya bolalar va ayollar uchun shaxsiy gigiyena vositalari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yib, O’zbekiston bozori uchun takliflar doirasini kengaytirdi. Shunday qilib, do’kon javonlarida "Kippers" markali bolalar, bir martalik tagliklar va "Femini" markali ayollar uchun gigiyenik prokladkalari paydo bo’ldi.
"Navro'z PTK" MCHJ kompaniyasi 1995 yilda savdo kompaniyasi sifatida tashkil etilgan.
1998 yilda iqtisodiyot jadal rivojlanib borayotganligi sababli kompaniyani ishlab chiqarishga yo’naltirish to’g’risida qaror qabul qilindi va shu yili kompaniya O’zbekiston Respublikasida sochlarni parvarish qilish bo’yicha shampunlar ishlab chiqaradigan birinchi korxonalardan biriga aylandi.
Dastlab kompaniya faqat shampunlar ishlab chiqargan, 2009 yilda esa "Crystal" va "Fiona"savdo markalari ostida tozalash va yuvish vositalarini ishlab chiqarishni boshladi.