Shakllanish tarixi

"NAVRUZ PTK" KOMPANIYASINING SHAKLLANISH TARIXI

Bugungi kunda "Navro'z PTK" kompaniyasi O’zbekistondagi eng yirik maishiy kimyo, kosmetika va gigiyena mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.

Ko’p yillar davomida hamkorlar bilan tuzilgan munosabatlar, kompaniyaning munosib obro’si, yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarishi, logistikasi va distributsiyasi kompaniyaga muvaffaqiyat olib kelib, uning yanada rivojlanishiga hissa qo’shmoqda.
2013
Kompaniya bolalar va ayollar uchun shaxsiy gigiyena vositalari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yib, O’zbekiston bozori uchun takliflar doirasini kengaytirdi. Shunday qilib, do’kon javonlarida "Kippers" markali bolalar, bir martalik tagliklar va "Femini" markali ayollar uchun gigiyenik prokladkalari paydo bo’ldi.
2009
Dastlab kompaniya faqat shampunlar ishlab chiqargan, 2009 yilda esa "Crystal" va "Fiona"savdo markalari ostida tozalash va yuvish vositalarini ishlab chiqarishni boshladi.
1998
1998 yilda iqtisodiyot jadal rivojlanib borayotganligi sababli kompaniyani ishlab chiqarishga yo’naltirish to’g’risida qaror qabul qilindi va shu yili kompaniya O’zbekiston Respublikasida sochlarni parvarish qilish bo’yicha shampunlar ishlab chiqaradigan birinchi korxonalardan biriga aylandi.
1995
"Navro'z PTK" MCHJ kompaniyasi 1995 yilda savdo kompaniyasi sifatida tashkil etilgan.
Reklama materiallari
Logotiplar
Taqdimot

MIQYOSI VA KUCHI

Shampunlar, tozalash va yuvish vositalarini ishlab chiqarish sexi
Kir yuvish kukuni ishlab chiqarish sexi
Bolalar tagliklari va ayollar gigiyenik prokladkalarini ishlab chiqarish sexi

Korxona Toshkent viloyatida joylashgan bo’lib, ishlab chiqarish maydoni 2 gektardan ortiq.

MAYDONI 2 ГА DAN ORTIQ

3 ISHLAB CHIQARISH TUZILMALARI

FAKTLAR
> 11
Savdo markalari
15 +
Mahsulot turlari
90%
Distributsiyalar
2
Ishlab chiqarish maydoni
GA
Made on
Tilda